Latifa matni:
Ota divanda chalqancha yotgancha xurrak otardi. Xurrak xuddi traktor tarillashiga o`xshardi. Bir mahal chap yoniga yonboshladi-yu, xurrak otishdan to`xtadi. Shunda besh yashar o`g`ilchasi onasining yoniga chopib borib dedi:
— Oyi, oyi, dadamning kerosini tugab qoldi!