Ichak uzdi
Bir ayol derazadan qarab turib, ro`paradagi uyda kir osib chiqayotgan qo`shnisini ko`rsatib:
— Adasi, qarang! Anavi ayol kirlarni chala yuvar ekan, - debdi.
Eri indamabdi. Ertasiga, indinga yana shu holat takrorlanaveribdi. Uchinchi kuni xotini derazadan qarab:
— Hayriyat-yey, anavi ayol bugun kirlarni tozza yuvibdi, - desa, eri:
— Yo`q, men ertalab derazalarimizni artib qo`ydim, - dermish.

— Zavodga ishga kirgan edim. Birinchi ish kunimdayoq jarohat oldim.
— Qanday qilib?
— Alisher, bolg`ani tashlab yubor! - deb tepadagilarga baqirgandim... Keyin bilsam zavodda 20 ta Alisher ishlar ekan.

Bir kuni Mersedes avtomobili buzilib qolgan Zaporoj mashinasini tortib ketmoqchi bo`libdi. Zaporoj haydovchisi qari chol:
— Yigitlar, faqat Mersedesni tez haydamanglar. Agar tezlashib ketsangiz, faralarni yoqib-o`chirib ishora qilaman, - debdi.
Yo`lda Mersedes baribir tezlashib ketibdi. Orqasida kelayotgan Zaporoj ishora qilsa ham e’tibor berishmabdi.
Birinchi postda to`xtamasdan "uchib" o`tib ketishibdi. Postdagilar darhol keyingi postga qo`ng`iroq qilib:
— Hozirgina Mersedes mashinasi katta tezlikda o`tib ketdi. Orqasidan kelayotgan Zaporoj haydovchisi faralarni yoqib-o`chirib, "o`tib ketay" degan ishorani bersa ham, tushunishmayapti, - dermish.

Restoranda ikkita o`zbek ofitsiantga buyurtma berishyapti:
— Bizga choy-poy, non-pon, ovqat-povqat olib keling.
Nariroqda o`tirgan rus ayol ularni gapini eshitib:
— Nimaga sizlar har bir so`zga qo`shimcha qo`shib gapirasizlar? Choy, non, ovqat desangiz bo`lmaydimi? Agar gaplaringizga qo`shimcha qo`shmasdan gapirsangiz, bir tarelka tilla beraman, - debdi.
Shunda o`zbeklardan biri:
— Tarelka-parelkasi bilan berasizmi? - dermish.

— Yaxshi qiz, sizni raqsga taklif qilsam maylimi?
— Meni ikkita farzandim bor!
— Mayli, u holda o`tirib dam olavering!
— Meni ikkita farzandim bor!
— Mayli, u holda o`tirib dam olavering!
Eshik ochilib yigit kirib keldi:
— Salom, dada!
Dadasi kompyuterda Telegramdan boshini ko`tarmay:
— Qayoqlarda yuribsan, o`g`lim, desa yigit:
— Dada, armiyada edim dermish.

Lofchi ovchilar suhbatidan:
— Mana shu pichoqni barmoqlarimga yaqin olib kelsam bas, qon tirqirab oqa boshlaydi.
— E, manavi to`pponcham yigirma chaqirim naridagi nishonni ura oladi.
— Mening itim zo`r! Idishdagi sutga suv aralashtirib qo`ysam, sutni ichadi-yu, suvni idishda qoldiradi.

Ikki yosh yozuvchi yotoqxonada yashashardi. Oshxonada uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so`radi:
— Menga qarang, nega salomlashmaysiz? Men garchi daho bo`lsam-da, kamtar odamman!
Ikkinchisi o`ylab qoldi:
— Ha-a, ikki dahoga bitta oshxona torlik qiladi shekilli.

— Yoshlarni qarang! Sochlar kesilgan, kalta yubkalarda yurishadi. Yigit bilan qizni farqlab bo`lmay qoldi. Ana, anavi nusxani ko`ring!
— Kechirasiz, u mening qizim!
— Ie, shunaqami? Uzr, siz uning otasi ekaningizni bilmabman.
— Nima? Men otasimas, onasiman!

Xaridor mashina bozorida sotuvchidan so`radi:
— Mashina yangimi ishqilib?
— Albatta. Ana, kuzov, motor, korobka, xullas, hammasi yap-yangi!
— Nega unda sotyapsiz?
— Bundanam yangirog`ini sotib olmoqchiman.