Latifa matni:
Bir ayol derazadan qarab turib, ro`paradagi uyda kir osib chiqayotgan qo`shnisini ko`rsatib:
— Adasi, qarang! Anavi ayol kirlarni chala yuvar ekan, - debdi.
Eri indamabdi. Ertasiga, indinga yana shu holat takrorlanaveribdi. Uchinchi kuni xotini derazadan qarab:
— Hayriyat-yey, anavi ayol bugun kirlarni tozza yuvibdi, - desa, eri:
— Yo`q, men ertalab derazalarimizni artib qo`ydim, - dermish.