Ichak uzdi
Qiz:
— Meni sevasizmi?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Menga uylanasizmi?
Yigit:
— Yo`g`eye! Mening sevgim abadiy!
— Meni sevasizmi?
Yigit:
— Albatta, azizam!
Qiz:
— Menga uylanasizmi?
Yigit:
— Yo`g`eye! Mening sevgim abadiy!
Bir erkak ishdan uyga kelib:
— Meni go`zal malikam qani? - desa, xotini yugurib chiqib:
— Shu yerdaman adasi, - debdi.
— Sen yovuz jodugarsan-ku. Men qizimni chaqiryapman, - dermish eri.

Dallolga qo`ng`iroq bo`libdi:
— Allo, siz dalahovli sotish bilan shug`ullanasizmi?
— Ha.
— Nega haroba bo`lib ketgan dalahovlini qimmat narxda, ro`parasidagi dang`illama dalahovlini arzon pulga sotyapsiz?
— Haroba dalahovlidan chiroyli, ikki qavatli, dang`illama dalahovlini tomosha qilsa bo`ladi. Dang`illama dalahovlidan-chi, harob bo`lgan joy ko`rinib turadi-ku...?!

Rus tili darsida:
— Segodnya kakaya pogoda?
— Sovuq Mariya Petrovna, maylimi derazalarni yopsak?
— Po russkiy, pojaluysta!
— Ahmoq, tentak, maylimi okna zakrit?

Ikkita ulfat gaplashib o`tirishibdi.
— Qayerdan kelyapsan?
— Ey do`stim. Kecha kechqurun kafeda bir ayol bilan tanishib qoldim. U meni uyiga taklif qildi. Endi uyiga kirib tursam, eri kelib qoldi. Ayol meni qo`limga dazmol berib, kiyimlarni dazmol qilishimni aytdi. Eri kirgach, u meni mardikor ekanimni, kirlarni dazmollashga kelganimni aytdi.
— Ha, Liza aqlli ayol!
— Siz uni qayerdan taniysiz?
— Siz dazmol qilgan kirlarni, o`tgan kuni men yuvgandim.

Bir kishi tilla baliq tutib olibdi.
— Tila tilagingni, - debdi baliq.
— Toshkentdan Chimyonga bir zumda olib chiqadigan yo`l qurib ber, - debdi haligi odam.
Baliq:
— Boshqa osonroq narsa so`ragin! - desa, boyagi kishi:
— Xotinimni hecham tushunmayman. Har kuni kayfiyati har xil. Shu xotinimni tushunadigan qilib qo`ygin, - desa, baliq:
— Chimyonga boradigan yo`lni qachonga bitkazib beray? - dermish.

— U tirikligida ham, hozir ham bizlarga iliqlik bahsh etib turadi, - deb, Buratinodan qolgan o`tinlarni olovga tashladi Malvina...
Yarim tunda telefon qo`ng`irog`i jiringlabdi:
— Allo, mabodo uyingiz yonidan qo`ylar podasi o`tib ketmadimi?
— Nima, sen orqada qolib ketdingmi?!

— Nega uni qo`yib yubording?
— U meni tashlab ketmaydi. Vafodorligini sinab ko`rmoqchi edim.
— Tentak, kim qopag`on itni bo`yinbog`isiz qo`yib yuboradi?!

Bir kuni boshliq qo`l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to`ti boshliqqa qarab hadeb:
— Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi.
Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab:
— Agar mana shu to`tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi.
Ishchisi to`tini olib, oshxonaga chiqibdi. To`tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go`shtini olibdi-yu, qovuribdi. To`tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo`yibdi.
Tovuq go`shtini to`tiniki deb o`ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi:
— Xo`jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq:
— Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o`dag`aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan:
— Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to`ti.