Latifa matni:
Dallolga qo`ng`iroq bo`libdi:
— Allo, siz dalahovli sotish bilan shug`ullanasizmi?
— Ha.
— Nega haroba bo`lib ketgan dalahovlini qimmat narxda, ro`parasidagi dang`illama dalahovlini arzon pulga sotyapsiz?
— Haroba dalahovlidan chiroyli, ikki qavatli, dang`illama dalahovlini tomosha qilsa bo`ladi. Dang`illama dalahovlidan-chi, harob bo`lgan joy ko`rinib turadi-ku...?!