Bir kuni boshliq qo`l
Latifa matni:
Bir kuni boshliq qo`l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to`ti boshliqqa qarab hadeb:
— Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi.
Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab:
— Agar mana shu to`tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi.
Ishchisi to`tini olib, oshxonaga chiqibdi. To`tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go`shtini olibdi-yu, qovuribdi. To`tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo`yibdi.
Tovuq go`shtini to`tiniki deb o`ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi:
— Xo`jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq:
— Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o`dag`aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan:
— Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to`ti.
Ijtimoiy tarmoqlarda:Bir kuni boshliq qo`l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to`ti boshliqqa qarab hadeb: