Bo`limlar
Latifalar
Bir ayol dugonasiga maqtanibdi:
— Men yog`larga qarshi kurash boshladim!
Dugonasi unga qarab turib:
— Juda ko`plarini asir olishga ham ulguribsan.

Yosh uchuvchi qo`nish maydonchasiga yaqinlasha turib, dispecher bilan hazillashmoqchi bo`libdi. Ratsiyani ko`tarib:
— Allo, kimligimni top-chi?, - desa, dispecher qo`nish maydonidagi hamma chiroqlarni o`chirib qo`yibdi-da:
— Qayerga qo`nishingni top-chi, - dermish.

Bir mast odam eski chiroq topib olibdi. Ishqalasa, ichidan jin chiqib:
— Tila tilagingni! Uchta tilagingni bajaraman, - debdi.
Mast odam unga:
—Kel yuzta-yuzta olaylik!
— O`ylab ko`r. Bu birinchi tilaging hisobidan ketadi.
— Mayli. Qani oldik.
— Endi ikkinchi tilagingni ayt!
— Yana yuz-yuz quy!
— Hoy inson, yaxshiroq narsa so`rasang-chi?
— Ey, quy degandan keyin, quyda! Qani oldik.
— Balki uchinchi tilagingga biror nima so`rarsan!
— Yana yuzta-yuzta olaylik!
— Sen aqldan ozibsan! Bu oxirgi tilaging.
— Mayli, roziman, - deb ichib yuborishibdi.
Jin chiroqqa qaytib kirib ketibdi-yu, besh daqiqadan keyin qaytib chiqib kelib:
— Mayli, to`rtinchi tilagingni ham tila! Men roziman!, - dermish.

Stomatolog bemorni ko`rikdan o`tkaza turib:
— Tishingizda katta kovak bor, katta kovak bor, katta kovak bor...
Bemor hayratlanib:
— Dokor, nega bu so`zni uch martta takrorladingiz?
— Men bir martta aytdim. Qolganlari kovakdan chiqayotgan aks-sado bo`lsa kerak.

Bir kishi do`kondan ko`mir sotib olsa, o`ramni ustida quyidagicha yozib qo`yilgan ekan:
"Mazkur ko`mirni yoqish uchun 3434 raqamiga SMS yuboring".

Sochi to`kilib, kal bo`layotganlarga retsept:
Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So`ng asalga qo`ngan pashshalarni cho`chitib, uchirib yuboring. Pashshalarning oyoqchalari esa boshingizda qoladi.

— Kecha qo`shnimizni mashinasidagi chang ustiga "Meni yuvintir" deb yozib qo`ysam, u bugun meni avtomobilimga "Kirsang yuvaman" deb yozib ketibdi.
Bir kuni afandining darvozasi taqqillab qolibdi.
— Kim u?, - debdi afandi.
— Uy egasi bormi?, - so`rabdi tashqaridagi odam.
— Gazdanmisiz yoki svetdanmi?, - debdi yana afandi.
— Kollejdanman!
— Kollejga-yam pul to`lanadigan bo`ldimi?
— Yo`q, o`g`lingizni o`qishga jo`natsangiz bo`ldi...

Jon berayotgan er xotinini chaqirib debdi:
— Esingdami armiyaga ketayotganimda, sen yonimda eding?
— Ha, esimda...
— Ishdan bo`shab, uyda uch yil o`tirganimda ham sen men bilan birga bo`lganding!
— Ha...
— Avariyaga uchrab, yotib qolganimda ham oldimdan jilmading.
— Albatta, birga bo`lgandim, yoningizda hamisha...
— Hozir jon beryapman. An’anaga sodiq qolasanmi? Shuni bilmoqchiman.

E’lonlar taxtasidagi yozuvdan:
"Kelishgan yigit bilan turmush qurmoqchiman. Uni yonida ko`p ovqat yeyishga uyalib ozish niyatidaman. Yetarlicha ozganimdan so`ng, ajrashib ketishimiz ham mumkin".