Ichak uzdi
— Xitoyda bolalarni qanday ovqatlantirishadi?
—«Qani, bo`talog`im, endi dadang uchun ham o`nta tayoqcha yegin!»

Kambag`aldan so`rashdi:
— Ayting-chi, orttirgan boyliklaringizni qayerda asraysiz?
— Orzularim og`ushida.

Qo`shni qo`shnidan so`radi:
— Ishlaringiz qalay?
— Afsuski, sizni sira xursand qila olmayman. Ishlarim yaxshi.

Yangi boyning qizchasi onasidan so`radi:
— Oyi, enagamiz meni yaxshi ko`radimi?
— Albatta yaxshi ko`radi.
— Meni yaxshi ko`rishi uchun unga qancha haq to`laysiz?

Qishloqlik yigit shaharga kelib o`ziga jazman topib oldi. Bir kuni qizning kvartirasida o`tirishsa, eshik taqillab qoldi.
Qiz:
— Voy, tez shkafga berkining! Erim keldi!
Yigit:
— Ie, shkafda nima qilaman? Tomorqama-tomorqa qocha qolay!

Aktyordan so`rashdi:
— Hozirgi kunda eng mashhur, xalq sevgan artist kim?
U xotirjamlik bilan javob berdi:
— Biz bir necha kishimiz, do`stim.

Bir qiz dugonasiga debdi:
— Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so`rayman.
— Nega ahmoq?
— Senga uylanadigan yigit ahmoq bo`ladi-da!

Qahvaxonalardan biriga olapar mushuk kirib, ofitsiantga buyurtma beribdi.
Mushukni gapirayotganini ko`rib, aqldan ozay degan ofitsiant mushukka qarab:
— Ko`chada nima ish bilan yuribsiz, - debdi.
Mushuk:
— Ish qidirib yuribman. Hozir suhbatdan kelyapman, - debdi.
Ofitsiant ko`p o`ylamay:
— Meni sirkda tanishlarim bor? Xohlasangiz, gaplashib beraman, - desa, mushuk:
— Sirkda kompyuter dasturchisiga ish bormikin? - dermish.

- Dugonajon yashil qor yog`ishi haqida eshitganmisan?
- Bilmadim hech eshitmagan ekanman nega so`rayapsan?
- Yigitim Xudo xohlasa yashil qor yoqqanida sovchilarni yuboraman dedi.

Bitta fil velosiped haydab ketayotsa, yo`ldan chumoli chiqib:
— Menam haydab ko`ray, - desa, fil:
— Yo`q, o`zi balonlari bo`shab qolgan, - degan ekan.