Ichak uzdi
Ota-bola hayvonot bog`iga kelishibdi. Bir payt bolakay baqira boshlabdi:
— Ada-ada qarang, shimpanze!
— Yur, shimpanzeni nariroqda ko`rsataman. Bu kassir, o`g`lim!
— Ada-ada qarang, shimpanze!
— Yur, shimpanzeni nariroqda ko`rsataman. Bu kassir, o`g`lim!
— Allo, o`rtoq men uylanyapman!
— Kimga?
— Shuncha yildan beri kimni tanisam, o`shanga-da...
— Tentak. Menga uylana olmaysan-ku axir!
— Kimga?
— Shuncha yildan beri kimni tanisam, o`shanga-da...
— Tentak. Menga uylana olmaysan-ku axir!
Er-xotin urishib qolibdi. Ikkalasi ham hecham gaplashmas ekan. Bir kuni eri vaqtliroq ishga ketishi kerak ekan, yotishdan oldin, qog`ozga "Ertalab soat 7:00 da uyg`ot!", deb yozib xotinining yostig`i tagiga qo`yibdi. Er ertalab uyg`onsa soat 9:00 bo`lganmish. Jahli chiqqan er darg`azab bo`lib, o`zini yostig`ini ko`tarsa, bir parcha qog`oz, qog`ozda esa "Turing, soat 7:00 bo`ldi!", deb yozilgan ekan.
Hamma er-xotinlar urushib qolishsa ham, kun bo`yi bir-biri haqida o`ylab yuraverishadi:
— Erim ablah,...!
— Xotinim zahar...!
— Erim ablah,...!
— Xotinim zahar...!
DAN xodimi avtomobilni to`xtatsa, haydovchi kamarni taqmagan ekan.
— Nega kamarni taqmadingiz? - desa, haydovchi tirjayib:
— Siz xursand bo`ling dedim-da, - debdi.
— Nega kamarni taqmadingiz? - desa, haydovchi tirjayib:
— Siz xursand bo`ling dedim-da, - debdi.
Rossiyalik olimlar Sibirdagi chanalarga itlarni bog`lab harakatlanuvchi odamlarni sinab ko`rish maqsadida, ularga Kamaz berishibdi.
Oradan bir yil o`tgach, olimlar natijani bilish uchun Sibirga qaytishibdi. Olimlar:
— Ho`sh, sizlarga bergan mashinamiz yoqdimi? — deb so`rashsa,
haligi odamlar:
— Ha. Faqat itlarimiz tortishga qiynalishyapti-da... — deyishibdi.

Ertalabki tig`iz payt. Toshkent avtobuslari yo`lovchilar bilan to`la!
— Akrom aka, to`xtab turing! Odam kevatti! - baqiribdi avtobus chiptachisi haydovchiga, uzoqdan yugurib kelayotgan yo`lovchini ko`rib.
Bir-ikki soniya ham o`tmay:
— Akrom aka, haydang, ketdik. Proyezdnoy ekan...!

"Biz yoshlarni oliftagarchiliklari orqasidan milliardlar ishlab olyapmiz!"
Apple va Samsung kompaniyalari.
Apple va Samsung kompaniyalari.
Olimlarning fikricha, tez orada shartnomalarda yozilayotgan kredit beruvchi tashkilotning shartlarini faqat elektron mikroskop yordamida o`qiy olish mumkin bo`ladi.
Sud zalida er-xotin ajrashishmoqda.
Xotin:
— U bilan boshqa yashay olmayman! Erim uyda qo`y boqyapti. Nafas olib bo`lmaydi...
Sudya:
— Derazalarni ochib shamollatib tursa bo`ladi-ku...?! Shunga ajrashish shartmi?
Xotin:
— Nimalar deyapsiz janob sudya!? Axir meni ilonlarim o`rmalab tashqariga chiqib ketishadi-ku...