Latifa matni:
Sud zalida er-xotin ajrashishmoqda.
Xotin:
— U bilan boshqa yashay olmayman! Erim uyda qo`y boqyapti. Nafas olib bo`lmaydi...
Sudya:
— Derazalarni ochib shamollatib tursa bo`ladi-ku...?! Shunga ajrashish shartmi?
Xotin:
— Nimalar deyapsiz janob sudya!? Axir meni ilonlarim o`rmalab tashqariga chiqib ketishadi-ku...