Ichak uzdi
Bir o`zbek Fransiyaga boribdi. Eyfel minorasiga qarab tursa, fransuz yigit o`tib ketayotgan ekan. Uni to`xtatib so`rabdi:
— Bu minorani qancha vaqtda qurishgan?
— Bir oyda, - debdi fransuz.
O`zbek, - bu yigit meni aldadi, - deb ishonmabdi.
Keyin o`sha fransuz O`zbekistonga kelibdi. U Registonga kelib, haligi o`zbekni uchratibdi va undan so`rabdi:
— Bu imoratlarni qancha vaqtda qurishgan?, - desa,
— Hozir kelayotganimda yo`g`idi, - dermish o`zbek.

— Sudlanuvchi, sizni to`rtta hovlingiz, beshta kvartirangiz va o`nta avtomobilingiz bor. Lekin shundayam pora olganingizni tan olmayapsiz!
— O`rtoq sudya, sizdayam to`rtta dalahovli, beshta hovli, oltita kvartira va o`nta mashina bor. Aytinchi, siz poraxo`rmisiz?
— Ishontirdingiz. Aybsiz! Ozod etilsin!
— O`rtoq sudya, sizdayam to`rtta dalahovli, beshta hovli, oltita kvartira va o`nta mashina bor. Aytinchi, siz poraxo`rmisiz?
— Ishontirdingiz. Aybsiz! Ozod etilsin!
— Nega kayfiyating yo`q?
— Rahbarimiz hammani ishdan bo`shatyapti.
— Sen havotir olma, rahbaring xotini bilan ajrashdi. Bo`shayotganlar uning qarindoshlari.
— Rahbarimiz hammani ishdan bo`shatyapti.
— Sen havotir olma, rahbaring xotini bilan ajrashdi. Bo`shayotganlar uning qarindoshlari.
Bir odamning to`tisi bor ekan. Uyga kim kelsa, - bir tepay, bir tepay, - deb gapiraverarkan. Uy egasi do`stlarini mehmonga chaqirmoqchi bo`lib, to`ti turgan qafas yuzini mato bilan yopib qo`yibdi. Bir necha kundan keyin to`ti esiga tushib qolib, matoni ochsa to`ti:
— Tepkimni sog`inib qoldingmi?, - debdi.
— Tepkimni sog`inib qoldingmi?, - debdi.
Ikki ayol qamoqxonaning bir xonasida uch yil o`tirishibdi. Jazo muddati tugab, ozodlikka chiqarishsa, qamoqxona darvozasi oldida yana yarim soat gaplashib turishgan ekan.
Bir erkak do`stiga maqtanibdi:
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug`-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig`ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo`sh?
— Yo`qol ko`zimdan, hali kirlarni yuvib bo`lganim yo`q, - dedim.
— Kecha xotinimni urishib berdim.
— Yug`-ye, sen-a?
— Ha-da. Uylarni yig`ishtiring, deb ish buyuryabdi.
— Xo`sh?
— Yo`qol ko`zimdan, hali kirlarni yuvib bo`lganim yo`q, - dedim.
Ofitser askarlarni mashq qildiryapti:
— Hamma o`ng oyog`ini ko`tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog`ini ko`tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog`ini ham ko`tarib olgan?
— Hamma o`ng oyog`ini ko`tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog`ini ko`tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog`ini ham ko`tarib olgan?
— Me’yorini bilmay ichganlarni o`lguday yomon ko`raman. Kecha meni mashinaga ko`tarib ketayotib, yerga uch martta tushirib yuborishdi-ya, la’nati piyonistalar.
— Bizni rahbar juda aldoqchi, ammo adolatli.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
— Qanaqasiga, axir uni aldoqchi deyapsan-ku?
— Ha, u hammani baravariga aldaydi.
Abdurayim tog`a eski zaparojets mashinasida ketayotib, bexosdan yangi malibuni orqasidan urib yuboribdi.
Malibuni haydovchisi avtomobilidan jahl bilan tushib:
— Mashinamni dabdala qildingiz-ku, tuzatib berasiz, - deb baqira ketdi.
Abdurayim tog`a esa pinagini buzmay:
— E, qanaqa odamsan? Tirik qoldik, soppa-sog`miz shukur qilsang-chi. Mashina temir bo`lsa, topiladi, - debdi.
Bu ham yetmagandek, Abdurayim tog`a mashinasi ichidan aroqni olib, - salomat qolganing uchun, - deb malibuning haydovchisiga ichirib yuboribdi.
Shunda mashinasi pachoq bo`lgan malibu egasi:
— Siz ham ichmaysizmi amaki?, - desa
— Shoshmay tur, GAIlar kelib-ketishsin, - dermish...