Latifa matni:
Bir o`zbek Fransiyaga boribdi. Eyfel minorasiga qarab tursa, fransuz yigit o`tib ketayotgan ekan. Uni to`xtatib so`rabdi:
— Bu minorani qancha vaqtda qurishgan?
— Bir oyda, - debdi fransuz.
O`zbek, - bu yigit meni aldadi, - deb ishonmabdi.
Keyin o`sha fransuz O`zbekistonga kelibdi. U Registonga kelib, haligi o`zbekni uchratibdi va undan so`rabdi:
— Bu imoratlarni qancha vaqtda qurishgan?, - desa,
— Hozir kelayotganimda yo`g`idi, - dermish o`zbek.