Latifa matni:
Bir jinni jinnixona tomiga chiqib olib tushmayotgan emish, jinnixona xodimlari nima qilishsa ham jinni pastga tushmabdi. G`azablangan jinnixona boshlig`i:
— Tush, bo`lmasa otaman, deb miltiq o`qtalsa ham tushmabdi. Shu payt o`sha yerdan bir jinni o`tib ketayotgan ekan, boshliq unga:
— O`rtog`inga ayt pastga tushsin, - debdi.
O`tib ketayotgan jinni, miltiqni olib:
— Pastga tushmasang otaman - degan ekan tomning boshida o`tirgan jinni darrov pastga tushibdi.
Undan, shuncha odam aytganida tushmay nega jinni aytganida tushding deyishsa:
— Ahir u jinniku, rostdan otib qo`yadi - dermish.