Bir jinni jinnixona tomiga chiqib olib tushmayotgan emish, jinnixona xodimlari nima qilishsa ham jinni pastga tushmabdi. G`azablangan jinnixona boshlig`i: — Tush, bo`lmasa otaman, deb miltiq o`qtalsa ham tushmabdi. Shu payt o`sha yerdan bir jinni o`tib ketayotgan ekan, boshliq unga: — O`rtog`inga ayt pastga tushsin, - debdi. O`tib ketayotgan jinni, miltiqni olib: — Pastga tushmasang otaman - degan ekan tomning boshida o`tirgan jinni darrov pastga tushibdi. Undan, shuncha odam aytganida tushmay nega jinni aytganida tushding deyishsa: — Ahir u jinniku, rostdan otib qo`yadi - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)