Poshsho saroyidagi hamma a’yonlar Afandini yomon ko`rardilar. Ular poshshoga Afandining ustidan g`iybat qilishar, uning haqida turli-tuman uydirmalar tarqatishar edi. Biroq Afandi bilan uchrashganlarida hamisha o`zlari sharmanda bo`lishardi. Bir kuni ular to`planishib poshshoning oldiga kirishdilar-da, Afandining og`zi sassiqligiga uni ishontirmoqchi bo`lishdi. Ig`vo ustiga tasodifan Afandi kelib qoldi. A’yonlarning rangi-quti o`chib, damlari ichiga tushib ketdi. Poshsho haqiqatni bilmoqchi bo`lib Afandidan so`radi; — Qani, yaqinroq o`tirchi, a’yonlar senga qattiq kasallik yo`liqqan deydilar, rostmi? — Shohim, ularning hammasi mening qadrdon do`stlarim, ular yolg`on gapirishmaydi, eshitaychi, ular nimalar deyishdiykin? — Bularning aytishlaricha, sening og`zing yomon sasib ketgan emish. — Ularning gaplari juda to`g`ri, shohim,— dedi Afandi,— hozirgacha men ularning xiyonati, ahmoqona qiliqlarini birovga aytmay ichimga yuta berganimdan, o`sha illatlar ichimda sasib, og`zimdan chiqmoqda. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)