Afandini qozilik lavozimiga qo`ymoqchi bo`ldilar. Uni oldin podsho ulamolar o`rtasida imtihon qilib ko`rish kerak edi. Afandini chaqirib kelishdi. — Faraz qilaylik, bir odamning echkisi bor,— dedi podsho Afandiga,— uni bozorga olib bordi. Bir odamga «bor baraka top» qilib sotdi. Hali pulini olguncha bo`lmay, echki qo`lidan chiqib qochdi. Bir odam uni ushlayman degan edi, echki suzib, uning ko`zini chiqardi. Endi bunga pulni kim to`laydi? Sotuvchimi, oluvchimi? Afandi dovdirab qoldi. Keyin tavakkaliga: — Sotuvchi...— deb yubordi. — Sabab? — Chunki «echkim suzog`ich, qochganda tutaman degan kishining ko`zini chiqazib ko`r qiladi»— deb avvaldan aybini aytmagan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)