Latifa matni:
Podsho Afandiga buyurdi:
— Mana bu otga minib, egardan tushmasdan hokimni aytib keling! Afandi otga minib, hokimning uyiga bordi, devordan qarasa, hokim mehmonlari bilan palov yeb o`tiribdi. Afandi darhol otdan tushdi-yu, egarni otdan oldi, egarni minganicha hokimning hovlisiga kirdi. Hokim buni ko`rib: Bu qanaqasi?—deb so`radi.
— Podshoning amri shu,— dedi Afandi.
Afandi egardan tushmasdan turib, palovdan to`yib yegach podshoning amrini hokimga aytdi. Hokim Afandidan koyidi:
— Shu gapingizni avval aytsangiz bo`lmasmidi, bu aqlni sizga kim o`rgatdi?
Afandi javob berdi:
— Osh o`rgatdi, begim, osh!