Podsho Afandiga buyurdi: — Mana bu otga minib, egardan tushmasdan hokimni aytib keling! Afandi otga minib, hokimning uyiga bordi, devordan qarasa, hokim mehmonlari bilan palov yeb o`tiribdi. Afandi darhol otdan tushdi-yu, egarni otdan oldi, egarni minganicha hokimning hovlisiga kirdi. Hokim buni ko`rib: Bu qanaqasi?—deb so`radi. — Podshoning amri shu,— dedi Afandi. Afandi egardan tushmasdan turib, palovdan to`yib yegach podshoning amrini hokimga aytdi. Hokim Afandidan koyidi: — Shu gapingizni avval aytsangiz bo`lmasmidi, bu aqlni sizga kim o`rgatdi? Afandi javob berdi: — Osh o`rgatdi, begim, osh! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)