Latifa matni:
Podsho vaziri bilan birga ovdan qattiq tashna bo`lib qaytdi. Yo`lda Afandining uyiga duch keldi-da, uni chaqirib:
— Qatig`ingiz bo`lsa, muzday ayron qilib bersangiz, juda chanqab kelyapmiz,— dedi.
— Bir tomchi ham qatig`imiz yo`q,— dedi Afandi.
Podsho g`ijinib yo`lga tushdi. Oradan sal vaqt o`tgach Afandi mog`orlab ketgan eski xurmachani ko`tarib tomga chiqib:
— Qaytinglar, qaytinglar!— deb baqirdi.
Podsho bilan vazir shoshib-pishib qaytishdi. Afandi boyagi xurmachani ko`rsatib dedi:
— Afsuski, qatiq yo`q edi. Agar bo`lganida shu xurmachani olib chiqib berar edim.