Podsho vaziri bilan birga ovdan qattiq tashna bo`lib qaytdi. Yo`lda Afandining uyiga duch keldi-da, uni chaqirib: — Qatig`ingiz bo`lsa, muzday ayron qilib bersangiz, juda chanqab kelyapmiz,— dedi. — Bir tomchi ham qatig`imiz yo`q,— dedi Afandi. Podsho g`ijinib yo`lga tushdi. Oradan sal vaqt o`tgach Afandi mog`orlab ketgan eski xurmachani ko`tarib tomga chiqib: — Qaytinglar, qaytinglar!— deb baqirdi. Podsho bilan vazir shoshib-pishib qaytishdi. Afandi boyagi xurmachani ko`rsatib dedi: — Afsuski, qatiq yo`q edi. Agar bo`lganida shu xurmachani olib chiqib berar edim. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)