Latifa matni:
Xo`ja Nasriddin bo`yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko`tarib kelib:
— Mana shu matoni dunyoda yo`q rangga bo`yab bering, - debdi.
Xo`ja Nasriddin hayron bo`lib:
— Qaysi rangga? – deb so`rabdi.
— Qizil, qora, yashil, ko`k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo`q rangga bo`yab bering. Xo`ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib:
— Mayli, bajaramiz, - dedi.
Yigit:
— Qachon kelay? – deb so`radi.
— Dunyoda yo`q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – haftshanba kuni kelavering, - deb javob qildi.