Xo`ja Nasriddin bo`yoqchi edi. Bir mahmadona gazlama ko`tarib kelib: — Mana shu matoni dunyoda yo`q rangga bo`yab bering, - debdi. Xo`ja Nasriddin hayron bo`lib: — Qaysi rangga? – deb so`rabdi. — Qizil, qora, yashil, ko`k, sariq ranglardan boshqasiga, xullas dunyoda yo`q rangga bo`yab bering. Xo`ja Nasriddin gap nimadaligini darrov tushunib: — Mayli, bajaramiz, - dedi. Yigit: — Qachon kelay? – deb so`radi. — Dunyoda yo`q kuni keling: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanbadan boshqa – haftshanba kuni kelavering, - deb javob qildi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)