Afandining iti bolalagan edi, bir necha kishilar uning uyiga mehmon bo`lib kelib, so`zlashib o`tirishar edi. Kuchuk bolalari uyga kirib mehmonlar bilan o`ynashib, bezovta qila boshladilar. Mehmonlardan biri hazillashib: — Afandi, arzandalaringizga odob o`rgatsangiz bo`lmaydimi?, — dedi. — Nima qilay, tog`alarini ko`rib suyunganlaridan suykalishyapti-da, — deya javob beribdi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)