Latifa matni:
Xalqning oldiga bir jarchi kelib:
— Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi?
— Yo`q bilmaymiz.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo`q, - deb ketib qolibdi.
Ertasiga kelib:
— Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi.
Xalq:
—Yo`q.
Jarchi:
— Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo`q.
Ertasiga xalq kelishib olibdi. "Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz".
Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi.
Jarchi:
— Unday bo`lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo`ya qolsin, - deb ketvorgan ekan.