Xalqning oldiga bir jarchi kelib: — Hozir nima demoqchiligimni bilasizlarmi? — Yo`q bilmaymiz. Jarchi: — Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo`q, - deb ketib qolibdi. Ertasiga kelib: — Men nima deyishimni bilasizlarmi —debdi. Xalq: —Yo`q. Jarchi: — Bilmaydigan odamlarga gapirishning foydasi yo`q. Ertasiga xalq kelishib olibdi. "Yarmimiz bilamiz, yarmimiz bilmaymiz deymiz". Jarchi yana eski gapini takrorlabdi. Xalq kelishganidek javob beribdi. Jarchi: — Unday bo`lsa, biladiganlaringiz bilmaydiganlarga aytib qo`ya qolsin, - deb ketvorgan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)