Ikki ulfat ko`l bo`yida gaplashib o`tirishsa, Xammer mashinasida bir boy kelib debdi: — Yigitlar, ko`lni qayeri sayoz? Mashinamda narigi qirg`oqqa o`tib ketmoqchiman. — Mana bu yeridan o`tsangiz bo`ladi, - deb javob berishibdi. Boy Xammerida ko`lga qarab haydabdi-yu, shu zahoti cho`kib ketibdi. Bir amallab suzib chiqqan boy: — Sayoz degandilaring-ku!? - desa, ulfatlar hayron bo`lib: — Hozirgina shu yerdan bir to`da o`rdaklar o`tib ketishgandi-da..., - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)