Uchta pashsha gaplashib
Latifa matni:
Uchta pashsha gaplashib o`tirib zerikibdi. Uchchalamiz uch tomonga ketamiz va bir yildan so`ng shu yerda ko`rishamiz deb uchishibdi. Oradan bir yil o`tibdi, pashshalar kelishilgan joyda yig`ilishibdi:
Biri semirgan, ikkinchisi o`z holatida, uchinchisi ozib ketgan ekan. Semirgan pashshadan so`rashibdi:
— Sen qayerda bo`lding?
— Men boy xonadonga borib ovqatni ichiga tushsam, bir kosa ovqatni surib qo`yishardi. Mazza qilib yeb yotardim.
Ikkinchisidan so`rashibdi:
— Senchi?
— Men shunday ovqatga uchib tushardim, bir qoshiqda olib qo`yishardi, shuni yeb yotardim.
Uchinchisidan so`rashibdi:
— Senchi? Nega ozib ketding?
— Men studentlarning yotoqxonasi oldiga borib qoldim, shunday ovqatiga tushsam, qanotimdan ushlab, bir shimib otib yuborishardi.