Uchta pashsha gaplashib o`tirib zerikibdi. Uchchalamiz uch tomonga ketamiz va bir yildan so`ng shu yerda ko`rishamiz deb uchishibdi. Oradan bir yil o`tibdi, pashshalar kelishilgan joyda yig`ilishibdi: Biri semirgan, ikkinchisi o`z holatida, uchinchisi ozib ketgan ekan. Semirgan pashshadan so`rashibdi: — Sen qayerda bo`lding? — Men boy xonadonga borib ovqatni ichiga tushsam, bir kosa ovqatni surib qo`yishardi. Mazza qilib yeb yotardim. Ikkinchisidan so`rashibdi: — Senchi? — Men shunday ovqatga uchib tushardim, bir qoshiqda olib qo`yishardi, shuni yeb yotardim. Uchinchisidan so`rashibdi: — Senchi? Nega ozib ketding? — Men studentlarning yotoqxonasi oldiga borib qoldim, shunday ovqatiga tushsam, qanotimdan ushlab, bir shimib otib yuborishardi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)