Yosh bola do`konga kirib: — Asal bering, - deb sotuvchiga idishini uzatibdi. Sotuvchi idishni asalga to`ldirgach, bolakay unga: — Pulini adam kechqurun berib ketadilar, - debdi. Jahli chiqqan sotuvchi, — Yo`q, - debdi-yu, asalni qayta to`kib olibdi. Do`kondan chiqqan bolakay qo`lidagi idish ichiga qarab: — Adam rost gapirgan ekanlar. Bu yerda ikkita nonga surtsa yetadigan asal chiqadi, - dermish xursand bo`lib. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)