Afandi yo`lda ketayotgan edi. Bir sipohi kelib undan so`radi: — Qayerga ketyapsiz? — Shaharga. — Ilgari ham shaharda bo`lganmisiz? — Ko`p marta bo`lganman. — Qalay, bizning shahar sizga yokdimi? — Yo`q, ma’qul bo`lmadi. Qarovsiz, iflos, qimmatchilik... — Odamlari qalay? — Shaharning boylari qupol, firibgar, ochko`z ekan. — Shaharning begi to`g`risida nimalar bildingiz? — Shahari shu bo`lsa, uning begi nima bo`lar edi! Mol egasiga o`xshamasa, harom o`ladi. Bekni xam o`ta ketgan zolim, maishatparast odam deydilar. Sipohining quti o`chdi, mo`ylablarini burab, ko`zlarini chaqchaytirdi va dag`dag`a bilan dedi: — Men bu shaxarning begiman! Afandi darrov so`rashgani qo`l cho`zib: — Salomatmilar? Yaxshiyam shaharning begi to`g`risidagi gaplarga ishonmaganim.— dedi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)