Afandi podsho saroyi yonidan o`tib borayotgan edi, qarasa, saroyning baland devori ustiga yana bir paxsa qo`yishayotibdi. Afandi to`xtab, devorzondan so`radi: — Qo`rg`onning o`zi ham baland edi-ku, nega baland ko`tarayotibsizlar? — Saroyga o`g`ri tushmasin, deb. Bu javobdan ajablangan Afandi aytar edi: — Tashqaridan tushadigan o`g`riga desangiz to`g`ri-ku, lekin ichkaridan chiqadigan o`g`riga ellik paxsa devor xam pisand emas! Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)