Latifa matni:
Afandi yosh bola edi. Ko`cha eshigi oldida non yeb o`tirgan edi, bir kishi kelib, uni aldamoqchi bo`ldi:
— O`g`lim, tuyani yaxshi ko`rasanmi?
— Ha.
— Kel bo`lmasa, noningni tuya qilib beray. Afandi bir nonga, bir haligi kishiga qarab dedi:
— Tuya eshigimizdan sig`maydi. Qo`yavering o`zim bo`taloq qilib olaman.