Afandi yosh bola edi. Ko`cha eshigi oldida non yeb o`tirgan edi, bir kishi kelib, uni aldamoqchi bo`ldi: — O`g`lim, tuyani yaxshi ko`rasanmi? — Ha. — Kel bo`lmasa, noningni tuya qilib beray. Afandi bir nonga, bir haligi kishiga qarab dedi: — Tuya eshigimizdan sig`maydi. Qo`yavering o`zim bo`taloq qilib olaman. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)