Ikki ovchi o`rmondan chiqib kelishayotganida bittasi birdan yiqilib tushibdi. U nafas olmayotgan, ko`zlari esa bir nuqtaga qaragancha qotib qolganmish. Ikkinchi ovchi darhol telefonini olib “tez yordam”ga qo`ng`iroq qilibdi. Hayajonlangan ovchi go`shakni tutganicha qichqiribdi: — Do`stim o`lib qoldi! Nima qilay? Narigi tarafda operator javob qilibdi: — O`zingizni bosing, sizga yordam beramiz, ammo avval ayting-chi, do`stingiz rostdan ham o`lib qoldimi? Bir necha soniya jimlikdan so`ng miltiqning gumburlagan ovozi eshitilibdi. So`ng ovchi operatorga debdi: — O`lganligi aniq, xo`sh, endi nima qilay? Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)