Latifa matni:
Qimor o`ynab o`tirgan erkaklar orasida bittasi to`satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo`libdi.
Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi:
— Bilasizmi, sizni eringiz qimor o`ynab o`tirib, hamma narsasini yutqazib qo`ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham...
— O`lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g`azablangan xotini.
Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib:
— Shunaqa bo`ldi, siz aytgandek bo`ldi! - dermish.