Qimor o`ynab o`tirgan erkaklar orasida bittasi to`satdan vafot etibdi. Oila a’zolariga bu shumxabarni qanday yetkazishni bilmay, oxiri eng katta qimorboz borib aytadigan bo`libdi. Vafot etgan qimorbozni uyini eshigini xotini ochibdi: — Bilasizmi, sizni eringiz qimor o`ynab o`tirib, hamma narsasini yutqazib qo`ydi. Mashinani ham, uyni ham, pullarni ham, dalahovlini ham... — O`lib ketmaydimi, menga desa, - debdi g`azablangan xotini. Bu gapdan yengil tortgan qimorboz shoshilib: — Shunaqa bo`ldi, siz aytgandek bo`ldi! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)