Afandi bozor aylanib yurib, bir zargarlik do`koni yonida tilla buyumlarni tomosha qilib, uzoq turib qoldi. — Ha, birodar, buncha tikilib qoldingiz? — deb so`radi zargar. — Mana bu oltin buyumlarga havasim kyelib qoldi. Nazarimda, bu zargarlik do`koni bo`lsa kerak-a? — Yo`g`-e, ko`zingiz ojizroqmi o`zi? — dedi zargar o`zicha hazillashgan bo`lib, — bu yerda eshakning kallasi sotiladi-ku! — Shunaqami? Menimcha, savdongiz juda o`ngidan kelayotganga o`xshaydi-ya? — Qayoqdan bildingiz? — Shunday katta do`konda faqat bittagina eshakning kallasidan boshqa narsa qolmabdi-ku!— dedi Afandi zargarning kallasiga ishora qilib... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)