Hayvonlar pivoga uzundan-uzun navbatda turishibdi. Hammadan oldin quyon o`tib, pivo olmoqchi bo`lgan ekan, bo`rini jahli chiqib, quyonni to`xtatibdi: — Qayoqqa, hoy quyon?! Navbatni ko`rmayapsanmi? Quyon: — Yur, bir chetga o`taylik, gapim bor! Bir daqiqadan keyin yana quyon navbatsiz pivoga o`ta boshlabdi. Ayiq quyonni qulog`dan ko`tarib: — Hoy shalpangquloq, qayoqqa?! - debdi. — Bir daqiqaga bu yoqqa qaragin, - deb, ayiqni ham bir chetga olib ketibdi. Qaytib kelib, doimgidek navbatsiz pivoga qo`l uzatgan ekan, arslon o`kiribdi: — Jonga tegding-ku! Navbatga tur! Quyon arslonni ham yetaklab, o`rmon ortiga olib o`tsa, u yerda odamxo`r dev turgan emish. — Yana go`sht olib keldingmi?! Qachon pivo olib kelasan??? - dermish dev arslonni ko`rib. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)