Latifa matni:
Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo`lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so`ka boshlabdi:
— La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg`azab bo`lib:
— Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog`i oqibdi. Afandi:
— So`ksam yig`laydi yana, - dermish.