Bir kuni afandi manti yegisi kelib, oshxonadan manti xarid qilib, endi yemoqchi bo`lib tishlagan ekan, issiq manti lablarini kuydiribdi. Mantini olib devorga otibdi va so`ka boshlabdi: — La’nati, labimni kuydirding, - debdi. Manti tugilgan joyidan ochilib ketibdi. Afandi darg`azab bo`lib: — Labimni kuydirib, yana kuladi bu! - desa, mantini yog`i oqibdi. Afandi: — So`ksam yig`laydi yana, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)