Bir kuni tushida qo`shni xotinlar Afandini chiroyli, yosh qizga uylantirmoqchi bo`lishib turganlarida u uyg`onib ketib, xotinini turta boshladi: — Xotin, xotin, tur, ish chatoq! — Nima gap?— uyqusirab so`radi xotini. — Qo`shnilar meni uylantirishmoqchi, ularni hayda! — Tinch qo`ying, uyqumni buzmang? — Bilib qo`y, men seni oldindan ogohlantirib qo`ymoqdaman. Haqiqatan ham ularning shunday niyati bo`lsa, keyin mendan o`pkalab yurma,— dedi Afandi. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)