Bitta odam qo`shnisini hovlisiga kirib, tovuqxonasidan tuxum o`g`irlabdi. Tuxumni ushlab turib, hayol sura ketibdi: "Shu tuxumdan jo`ja ochirib, boqib katta tovuq qilaman. Tovuqni sotib, g`oz olaman, g`ozni ham boqib, sotib, qo`y olaman. Qo`yni semirtirib, sotib, buzoq olaman! Buzoqni katta buqa qilib, uni ham sotib, mashina olaman!", deb hayol surib tursa, qo`shnisi kelib qolibdi. O`g`rini ko`rib: — Tuxumni joyiga qo`y! - deb baqirgan ekan, tuxum qo`lidan tushib, sinib ketibdi. Shunda haligi o`g`ri odam: — Mashinamni to`lab berasan! - deb baqira ketgan ekan. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)