Onasi qo`lida kichkina bolakayni ko`tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o`tgan-ketganlarga, — Jo`na, yo`qol, bor ket! - deb baqiraverarkan. Bir kishi: — Hoy bola, o`zi kichkina bo`lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so`zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi. Bolakay: — Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi: — Ha, bilaman, - debdi. — Unaqada jo`na, yo`qol, bor ket! - dermish yana bolakay... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)