Latifa matni:
Institutda imtihon ketmoqda. Hamma talabalar test variantlarini ishlab o`tirishibdi. Faqat bir talaba tanga tashlab, variantlarni belgilayotgan ekan. Domla uni kuzatib turib, hammadan oldin tamomlasa kerak, deb o`ylab qo`yibdi.
Barcha talabalar imtihon javoblarini topshirib ketishibdi. Haligi talaba hali ham tanga tashlab o`tirganmish. Domlani sabri chidamay, talabani yoniga borib:
— Imtihon vaqti tugadi. Javoblarni belgilashga ulgurdingizmi, - desa, talaba:
— Ha ulgurdim, - debdi, - qayta tekshirib chiqyapman, - dermish.