Institutda imtihon ketmoqda. Hamma talabalar test variantlarini ishlab o`tirishibdi. Faqat bir talaba tanga tashlab, variantlarni belgilayotgan ekan. Domla uni kuzatib turib, hammadan oldin tamomlasa kerak, deb o`ylab qo`yibdi. Barcha talabalar imtihon javoblarini topshirib ketishibdi. Haligi talaba hali ham tanga tashlab o`tirganmish. Domlani sabri chidamay, talabani yoniga borib: — Imtihon vaqti tugadi. Javoblarni belgilashga ulgurdingizmi, - desa, talaba: — Ha ulgurdim, - debdi, - qayta tekshirib chiqyapman, - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)