Afandi bozorga to`ti sotgani chiqibdi. To`tisining bir oyog`iga qizil, ikkinchi oyog`iga oq ip bog`langan emish. Odamlar: — Afandim, bu iplarni nega bog`ladingiz, - desa, Afandi: — Bu to`ti donishmand. Qizil ipdan tortsanggiz so`kadi, qarg`aydi. Oq ipdan tortsangiz, yaxshi gaplarni gapiradi, - debdi. Bir kishi: — Ikkala ipni baravar tortsa nima bo`ladi? - desa, To`ti: — Baraka topgur, kaltafahm, tentak ekansan, ... yiqilib tushaman-ku! - dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)