Latifa matni:
Bir odam sahroda chanqab, zo`rg`a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko`rinibdi. Xursand bo`lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo`yinboq sotib turganmish:
— Ey, oshna suv ber hozir o`lib qolaman, - desa.
Savdogar:
— Menda suv yo`q, galstuk olmaysanmi?, - dermish.
— Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos.
— Menda suv yo`q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o`sha yerga jo`natibdi.
Haligi odam bir soat o`tgach, qaytib kelib:
— Ey, iflos galstuging necha pul o`zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku...