Bir odam sahroda chanqab, zo`rg`a ketayotsa, uzoqdan bayroq ko`rinibdi. Xursand bo`lib, qarasa bir savdogar, galstuk-bo`yinboq sotib turganmish: — Ey, oshna suv ber hozir o`lib qolaman, - desa. Savdogar: — Menda suv yo`q, galstuk olmaysanmi?, - dermish. — Galstugingni boshimga uramanmi? Suv ber, iltimos. — Menda suv yo`q! Xohlasang, anavi tepalik orqasida akamning oshxonasi bor, - deb o`sha yerga jo`natibdi. Haligi odam bir soat o`tgach, qaytib kelib: — Ey, iflos galstuging necha pul o`zi? Akang galstukingsiz oshxonaga kiritmas ekan-ku... Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)