Qishloqdan shaharga kelgan sodda bir odam ovqatlanish uchun kafega kiribdi. Menyuni ko`rib chiqgach, ofitsiantga bitta gril buyurtiribdi. Besh daqiqadan keyin ofitsiant choy, non va bir piyola sous olib kelibdi. Birozdan so`ng ofitsiant grilni olib kelsa, haligi odam non bilan sousni yeb bo`lgan emish. Ofitsiantni qo`lidagi grilni ko`rgach: — Tovuq borligini oldinroq aytsang bo`lmasmidi?! Men grilga to`yib olibman, — dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)