Yangi oila qurgan yosh er-xotin farzand ko`ravermagach, keksa bir donishmandning yoniga borishibdi. Donishmand ularga baland tepalikdagi niyat daraxt uchiga, bir parcha latta bog`lab qo`yishni uqtiribdi. Bir necha yildan so`ng, boyagi donishmand er-xotindan xabar olgani kelsa, eshikni bir gala bolakaylar ochishibdi. — Onangiz qayerda? — so`rabdi donishmand. — Tug`ruqxonada, — javob berishibdi bolalar. — Otangiz-chi? — Tepalikdagi daraxtdan lattani yechgani ketgandilar...! — dermish. Latifa http://kulgu.uz saytidan olindi! © Kulgu.Uz :)